Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seulda “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Seulda “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbir ochilishida so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda AKT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, IT kompaniyalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va joriy etilgan imtiyozlar haqida aytib o‘tdi.

Qolaversa, IT sohasidagi ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda IT Park rezidenti sifatida faoliyat yuritib, mamlakatimizda yaratilgan imtiyozlardan keng foydalanayotganini ham alohida ta’kidladi.

Aytish joizki, IT xizmatlar eksportining keskin oshishi o‘z o‘rnida, O‘zbekistonda autsorsing xizmatlarining hajmi o‘sishiga va yoshlarimiz uchun yuqori maoshli ish o‘rinlarining ko‘payishiga zamin yaratmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring