Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi mamlakatda internet arzon?

Qaysi mamlakatda internet arzon?

Foto: Yandeks

Tojikistonda Aloqa xizmati internet narxlarining oshishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Kompaniyalar internet va aloqa narxini oshirishlari kerak, chunki ularning xarajatlari juda ko‘p va qolaversa, davlat byudjetini ham to‘ldirishlari kerak“, dedi Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rafiqjon Shokirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha faqat birgina "Megafon Tojikiston" kompaniyasi narxlarni oshirgan.

Boshqa uyali aloqa operatorlari tariflarining narxi esa o‘zgarishsiz qolmoqda.

Kompaniyalar o‘z jihozlarini mart oyida yangiladilar, jumladan, qo‘shimcha batareya va generatorlar sotib oldilar.

"Megafon Tojikiston" kompaniyasi esa o‘z xizmatlarining narxini ko‘rib chiqib, tariflarni biroz oshirish kerak, degan xulosaga keldi.

Rafiqjon Shokirovning so‘zlariga ko‘ra, internet bilan bog‘liq muammolar narxlarni pasaytirish bilan emas, balki har bir aniq tarifda megabayt hajmini oshirish orqali hal bo‘ladi.

Bir yarim yil avval Aloqa xizmati Tojikistonda internet tezligini oshirish va narxlarni pasaytirishga va’da bergan edi. Bu haqda xizmat rahbari o‘rinbosari Ilhom Atoyev 2023-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan edi.

Ehtimol, bu va’da mamlakat rahbari Imomali Rahmonning tanqidlari oqibati berilgandir.

Chunki 2022-yil dekabr oyida parlamentga murojaati chog‘ida u Aloqa xizmatiga internet sifati va tezligini oshirish, shuningdek, uning narxini pasaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Ammo 2024-yil aprel oyida uyali aloqa operatorlari o‘z-o‘zidan tariflarni oshirganidan so‘ng, Aloqa xizmati mobil kompaniyalar internet va mobil aloqa narxini emas, balki internet tezligini oshirishi kerak, degan bayonot bilan chiqdi.

Ayni paytda, mobil ma’lumotlarning qulayligi indeksiga ko‘ra, Tojikistonda 1 GB internetning o‘rtacha narxi 1,65 dollarni tashkil qiladi. Shu o‘rinda, Qozog‘istonda 0,41 dollar, Qirg‘izistonda esa 1 GB internet 0,17 dollar.

Qo‘shni mamlakatlar ichida internet narxi bo‘yicha eng qulayi Qirg‘iziston ekan, deb o‘ylayotgandirsiz?

Xo‘sh, sizningcha yildan-yilga aloqa sifati yaxshilanib borayotgan O‘zbekistonda ham bugungi kunda narxlar sifat singari ortmoqdami?

Joriy yil avvalida Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida internet tezligi bo‘yicha Qozog‘istondan keyin 2-o‘rinni egallagan O‘zbekistonda 1 GB internet bor yo‘g‘i 0,30 dollarni tashkil etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring