Butun boshli Internet og‘irligi 64 ming dona qulupnayga teng!

Internetning taxminiy og‘irligi hisoblab chiqildi. Buni qarangki, butun dunyoni zabt etgan Internet atigi 5,32 * 10⁻¹⁴ gramm (grammning 53 kvadrillion qismi)ga teng ekan.
Bu butun dunyodagi 175 zettabaytlik ma’lumotlarni bitta serverda shifrlash uchun zarur bo‘lgan energiya massasidir. Ishonavering, bu eng aniq ko‘rsatkich emish.
Agar ushbu ma’lumotlar DNKga kodlansa, uning o‘g‘irligi 960 kg bo‘ladi.
Bu degani insoniyatning barcha raqamlashtirilgan bilimlari 10 nafar kishi yoki 64 ming dona qulupnayning og‘irligiga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter