Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada sun’iy intellekt kassirlarning samimiyligini kuzatib boradi

Yaponiyada sun’iy intellekt kassirlarning samimiyligini kuzatib boradi

Foto: Ferra

Yaponiyaning AEON supermarketlar tarmog‘i xodimlarning tabassumini baholash uchun sun’iy intellekt tizimini joriy qildi.

InstaVR tomonidan ishlab chiqilgan “Mr Smile” xizmat ko‘rsatish darajasini aniqlash uchun 450 dan ortiq parametrlarni, jumladan, yuz ifodalari va ovoz ohangini tahlil qiladi.

Yangi texnologiya sakkizta AEON do‘konida qo‘llanilib, taxminan 3400 nafar xodimni qamrab oldi. Uch oy davomida xizmat ko‘rsatish sifati 1,6 barobar yaxshilandi.

Biroq, tashabbus ish joyida ta’qiblar kuchayishi haqida tashvish uyg‘otdi. Yaponiyada bu hodisa "kasu-xara" - mijozlarning tajovuzkor xatti-harakati sifatida tanilgan.

Eng yirik kasaba uyushmasi UA Zensen tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘ralgan 30 ming ishchining deyarli yarmi bunday muammolarga duch kelgan.

Ba’zi odamlar tabassum standartlariga majburlanish bosimning bir shakli deb hisoblashadi. "Tabassumlar majburiy emas, samimiy bo‘lishi kerak", deydi tanqidchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring