Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global Business Services Forum tashkil etildi

O‘zbekiston yangi IT-xabga va autsorsing uchun istiqbolli manzilga aylanib bormoqda, texnologiya va servis kompaniyalari uchun eng qulay biznes muhitini yaratish uchun katta soliq imtiyozlari joriy etilgan. Xalqaro kompaniyalarni eng so‘nggi yutuqlar va sarmoyaviy salohiyat bilan tanishtirish maqsadida 24 iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Park hamkorligida Global Business Services Forum tashkil etildi.

Tadbir TechExpo bilan boshlanadi, unda O‘zbekistonning IT va autsorsing sektoridagi asosiy ishtirokchilari qatnashishdi.

Rasmiy dastur O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning IT va autsorsingni qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirish va investitsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha hukumat chora-tadbirlari haqida so‘zlagan tabrik so‘zi bilan ochildi.

Shuningdek IT-Park vakillari tomonidan mamlakatda yaratilgan sharoitlar, ishbilarmonlik muhiti va inson resurslari salohiyati xususida taqdimotlar qilindi.

Dastur doirasida AQSh va Yevropadan kelgan IT-Park rezidentlari, jumladan Staffvirtual, TBC Bank Group PLC va DIONYSOS O‘zbekistonda erishgan muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashdilar va mamlakatning boshqa autsorsing yo‘nalishlariga nisbatan afzalliklarini muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun, 2017 yildan beri IT xizmatlari va SaaS mahsulotlari eksporti sezilarli darajada o‘sdi va 2023 yilda 344 million dollargacha ko‘tarildi. O‘zbekistonning texnologik landshafti dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan tortib, qo‘shma xizmatlar ko‘rsatishgacha bo‘lgan barcha sohalar bilan shug‘ullanuvchi 2300 dan ortiq turli IT-Park rezidentlarini, jumladan, xorijiy kapital ishtirokidagi 500 dan ortiq kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida 700 dan ortiq kompaniya IT xizmatlarini eksport qilishga yo‘naltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring