Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barqaror rivojlanish uchun inklyuziv va barqaror raqamli kelajakni qurish siyosatining istiqbollari

Barqaror rivojlanish uchun inklyuziv va barqaror raqamli kelajakni qurish siyosatining istiqbollari

"Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi"da Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi hukumat rahbarlari va vazirlar hamda boshqa muhim manfaatdor tomonlar raqamli inklyuziya va transformatsiya mintaqada barqaror rivojlanishining qanday borishini muhokama qilishdi.

Shuningdek, unda barqaror rivojlanish yo‘lida raqamli innovatsiyalarni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan mintaqaviy hamkorlik rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Aytish joizki, vazirlar konferensiyasi raqamli tafovutni bartaraf etish, raqamli ko‘nikmalarni o‘qitishni ta’minlash, raqamli ulanishni kuchaytirish, raqamli xavfsizlikni ta’minlash hamda raqamli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. 

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov mazkur konferensiya doirasida “Barqaror rivojlanish maqsadlarini jadal amalga oshirish uchun inklyuziv va barqaror raqamli kelajakni qurish siyosatining istiqbollari“ mavzusidagi panel sessiyasida o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.

Vazir nutqi davomida tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar va tashabbuslar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, vazir mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishi ijtimoiy inklyuzivlik va ekologik barqarorlik uchun kuchli vosita bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Vazir fuqarolarga qulaylik yaratish hamda ularning yashash tarzini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan Davlat xizmatlari portali byurokratik jarayonlarni soddalashtirish bilan birga samaradorlik va shaffoflikni oshirayotganini aytib o‘tdi. 

Shu bilan birga, Raqamli davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inklyuzivlikni rivojlantirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlar olib borilayotgani qo‘shimcha qilindi.

O‘z navbatida, mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarni jalb qilish, yoshlar va ayollarni faol ish bilan ta’minlovchi texnologik ekotizimni rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlari taqdim etilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilarini joriy yilning 17-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "ICTWeek – 2024" AKT haftaligiga taklif etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring