Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ITUning “Global Cybersecurity Index 2024” hisobotida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi

ITUning “Global Cybersecurity Index  2024” hisobotida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi

Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (ITU) tomonidan “Global Cybersecurity Index 2024” reytingining yangi nashrini taqdim etdi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatlar rivojlanish darajasiga ko‘ra beshta guruhga ajratilgan (eng pastidan yuqorigacha: T5 Building - poydevori yaratilayotgan, T4 Evolving - shakllanayotgan, T3 Establishing - mustahkamlanayotgan, T2 Advancing - yaxshi rivojlanayotgan, T1 Role-modeling - namuna bo‘layotgan).

O‘zbekiston Kanada, Isroil, Avstriya, Shveysariya kabi mamlakatlar bilan birgalikda Tier 2 (Advancing) guruhiga kiritildi hamda 2024-yilda mamlakatning ushbu ko‘rsatkichi +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ni tashkil qildi. 2020-yilda e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ko‘rsatkichni qayd etgan edi.  

Ma’lumot uchun: Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) BMTning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bo‘yicha ixtisoslashgan agentligi bo‘lib, 193 ta a’zo davlat bilan birgalikda AKT sohasida innovatsiyalarni targ‘ib qiladi va 1000 dan ortiq kompaniyalar, universitetlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo. 

1865-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u radio spektridan umumiy global foydalanishni muvofiqlashtirish, sun’iy yo‘ldosh orbitalarini belgilashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aloqa infratuzilmasini yaxshilash va keng diapazonning uzluksiz o‘zaro bog‘lanishini ta’minlaydigan jahon standartlarini o‘rnatish uchun mas’ul bo‘lgan hukumatlararo organdir.

"Albatta, hali bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar juda ko‘p, ayniqsa raqamli texnologiyalar hayotimizga keng kirib kelayotgan davrda aholimizning barcha qatlamlarini kiberxavfsizlik tahdidlaridan ogoh bo‘lib, firibgarlarga ishonmaslik ko‘nikmalarini shakllantirish eng qiyin bo‘lgan vazifalardandir" - dedi, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring