Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik vakillari Jeneva shahrida Telekommunikatsiya va AKT bo‘yicha ekspert guruhlarining qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etdi

Vazirlik vakillari Jeneva shahrida Telekommunikatsiya va AKT bo‘yicha ekspert guruhlarining qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etdi

Shveysariyaning Jeneva shahrida Telekommunikatsiya va AKT bo‘yicha ekspert guruhlarining 15-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilish Xalqaro elektraloqa ittifoqining telekommunikatsiya rivojlantirish byurosi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda 250 ishtrokchi 83 davlatdan tashrif buyurdi.

Yig‘ilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi va “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” DUK mutaxassislari O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini monitoring qilish mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Shunigdek, yig‘ilish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi ITUning AKTni tartibga solish ko‘rsatkichi (ICT Regulatory Tracker) bo‘yicha ekspert guruh vakillari Sofiye Maddens va Youlia Lazanova bilan uchrashuv o‘tkazgan holda uchrashuvda ITU bilan munosabatlarni mustahkamlash va ICT Regulatory Tracker bo‘yicha savollar muhokama qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring