Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarini hal etishda innovatsion yechimlar: Sun’iy intellektning o‘rni

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarini hal etishda innovatsion yechimlar: Sun’iy intellektning o‘rni

Ostona shahrida CAREC (Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik) dasturi doirasida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiya iqlim o‘zgarishida sun’iy intellekt (AI)ning rolini o‘rganishga bag‘ishlandi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston va xususiy sektor vakillarini bir joyga jamladi. Unda “Uglerod chiqindilarini kamaytirish”, “Ob-havo sharoitlarini bashorat qilish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” kabi mavzular bo‘yicha muhim muhokamalar o‘tkazildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova vazirlikning yangi qabul qilingan strategiyasi bo‘yicha ishtirokchilarga axborot berib o‘tdi. Panel sessiya davomida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda innovatsion yechimlarni joriy etish va bunda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish haqida muzokara olib borildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekiston Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan: https://lex.uz/docs/7158604

Muhokamalarda sun’iy intellekt imkoniyatlarini adolatli taqsimlash uchun texnologik taraqqiyotni huquqiy asoslar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, Qozog‘istonning suv toshqinlariga chidamlilik bo‘yicha tajribasi, Xitoyning innovatsion yetakchiligi va Qirg‘izistonning tabiiy ofatlarni boshqarishdagi yutuqlari o‘rganildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring