Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Superkompyuterlar olamida yangi yetakchi paydo bo‘ldi

Superkompyuterlar olamida yangi yetakchi paydo bo‘ldi

Foto: Ferra

AMD va Livermor milliy laboratoriyasi El Capitan superkompyuteri sayyoradagi eng kuchli kompyuterga aylanganini e’lon qildi.

Uning ko‘rsatkichi 1,742 eksaflopsni tashkil etadi, bu avvalgi rekordchi – Frontierdan deyarli 45 foizga ko‘pdir.

El Capitan 24 ta Zen 4 yadrosi va CDNA 3 grafikasini bitta chipga birlashtirgan 44 544 AMD MI300A protsessoridan foydalanadi va umumiy tizim operativ xotirasi 5,4 PB ga yetadi.

Ushbu superkompyuter AQSh yadro arsenalini modernizatsiya qilish, jumladan yadro portlashlarini simulyasiya qilish va kallakning ishonchliligini bashorat qilish bilan bog‘liq vazifalar uchun ishlab chiqilgan.

Shuningdek, u sun’iy intellekt va yuqori unumdorlikdagi hisoblash chorrahasida murakkab muammolarni hal qilishga qodir.

Qurilma 35 MVt dan ortiq energiya iste’mol qiladi va ushbu miqyosdagi mashinalar orasida eng samarali hisoblanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, El Capitan nafaqat Intel va NVIDIA asosidagi raqobatchilarni ortda qoldirdi, balki o‘z toifasida tejamkorroq yechim bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring