Ucell: yangi yagona kontakt markazi

19 noyabr kuni Ucellning yangi kontakt markazining ochilish marosimi tashkil etildi. Zamonaviy markaz 9 million abonentdan kelib tushadigan yuz minglab qo‘ng‘iroqlarni sifatli qayta ishlaydi. Yangilangan kontakt markazi oddiy hamda korporativ ta’rif foydalanuvchilari uchun kun-u tun ma’lumot xizmatlarini taqdim etadi. Tele-savdo qo‘ng‘iroqlar orqali amalga oshirilib, kompaniyaning yangi mahsulot va xizmatlari taklif etiladi.
“Yangi kontakt markazining ochilishi — bu xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va abonentlar uchun noyob tajriba yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Mijozlar bilan aloqa — bu shunchaki zarurat emas, balki kompaniya uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishdir. Har bir qo‘ng‘iroq, har bir xabar mobil operatorga foydalanuvchilarning ehtiyojlarini eshitish, tushunish va ularga eng yaxshi yechimlarni taklif qilish imkonini beradi. Bugun rasman ochilgan kontakt markazi bu jarayonlarni butunlay yangi sifat darajasida amalga oshirish imkonini beradi”, —deydi Koskom MChJ kompaniyasining bosh direktori, Andrey Shishkovskiy.
Kontakt markazida 6 ta yirik monitor va 2 ta monitorli mobil devor o‘rnatilgan bo‘lib, ular xodimlarga real vaqt rejimida nechta abonent navbatda turganini kuzatish imkonini beradi. Ish joylari shovqinni kamaytirish uchun maxsus jihozlangan, shu tufayli mijozlarga xizmat ko‘rsatish siyafati yanadi yaxshilandi. Tanaffus paytida operatorlar ovozdan izolyasiyalangan xonalarda dam olishlari mumkin. Tez orada integratsiyalashgan aloqa tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan, bu orqali mijoz kompaniya bilan o‘ziga qulay bo‘lgan har qanday kanal orqali muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Men uchun, qolaversa barchamiz uchun yangi markaz katta motivatsiya, yangi ilhom va ofisning doimiy, kulrang atmosferasidan yorqin, shinam muhitga o‘tish demakdir. Bizning ishimizda atmosfera juda muhim, ayniqsa biz tizim cheklovlarida abonentlarning noroziligi va salbiy ta’siriga duch keladigan holatlarda oldingi safdamiz va ko‘p vaqtimizni ishda o‘tkazamiz”, –deydi Yagona kontakt markazi rahbari, Jahongir Mahamatbayev.
“Biz SVM tizimi orqali ishlaymiz, ya’ni abonentlar o‘z tariflaridan tashqari qilayotgan xarajatlarni onlayn kuzatamiz va qo‘ng‘iroqlar orqali ularga to‘g‘ri keladigan optimal tarif rejalarini takliq qilamiz, bu albatta foydalanuvchilar mablag‘larini bir muncha tejashga yordam beradi. Bugungi markazning ochilishi esa ish faoliyatimizni yanada optimallashtirishga yordam beradi va bizni abonent bilan yanada yaqinroq qiladi”, — deydi tele-marketing yo‘nalishi rahbari, Oybek Saydaliyev.
Ma’lumot uchun, Ucell — O‘zbekistondagi yetakchi mobil aloqa operatori bo‘lib, abonentlarga keng ko‘lamli raqamli xizmatlarni, jumladan, 2024 yilning birinchi yarmida OOKLA ekspertlari tomonidan mamlakatdagi eng yaxshi deb topilgan yuqori tezlikdagi mobil internetni taqdim etadi. Kompaniya foydalanuvchilarga eng yaxshi xizmatlar va har bir muloqot bosqichida yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni kafolatlash maqsadida rivojlanishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter