Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumida Ucell kompaniyasi o‘zining ajoyib xizmatlarini namoyish etdi

“Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumida Ucell kompaniyasi o‘zining ajoyib xizmatlarini namoyish etdi

Xabaringiz bor, bugundan e’tiboran, poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Istiqbolli loyihalar Milliy agentligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi boshlandi.

12-13-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur forumda 2000 dan ziyod delegatlar hamda fintex, islom moliyasi, bank ishi, eGOV va chakana savdo sohasida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq spiker-ekspertlar qatorida xalqimizga hamisha oddiy, ishonchli va hamyonbop xizmatlarni taqdim etishni maqsad qilgan Ucell kompaniyasi aloqa hamkori sifatida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston iqtisodi rivojiga hissa qo‘shish, banking va moliyaviy texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning asosiy masalalariga bag‘ishlangan ushbu forumning ilk kunida Ucell biznes segmentining savdo va xizmat ko‘rsatish rahbari Akrom Najimov "Ucell kompaniyasining skoring tizimi va lidogeneratsiya" mavzusida taqdimot qildi.

Aytish joizki, Ucell kompaniyasi Big Data bilan bog‘liq mahsulotlar lineykasini faol ravishda joriy qilmoqda va rivojlantirmoqda.

Taqdimot davomida ham Akrom Najimov yirik ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan xizmatlarning rivojlanishi biznes jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilashi va qolaversa, kompaniya daromadlarini ham oshirishini alohida ta’kidlab  o‘tdi.

Shubhasiz, bunday xizmatlarga skoring tizimi va lidogeneratsiya yaqqol misol bo‘la oladi.

Ucell kompaniyasining skoring tizimi — banklar, mikrokredit tashkilotlari va bo‘lib to‘lash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi chakana sotuvchilarga qarzdorlik xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi va kredit portfoliosi marjinalligini 1-2 foizga yaxshilaydi.

Shuningdek, kompaniyaning lidogeneratsiya xizmati — mijozlarning xohishlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tizimlashtirish, olingan ma’lumotlarga asoslanib, muayyan maqsadli harakatlarni amalga oshirishga moyil bo‘lgan iste’molchilarni jalb qilishdan iborat.‌‌

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring