“Rahbar ayollar maktabi” dasturi 4-mavsumi yakuniga bag‘ishlangan “Davlat xizmatidagi rahbar ayollar forumi: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi

Dastur Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etib kelinmoqda.
Tadbirda 4-mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Forumda xalqaro va mahalliy hamkor tashkilotlar rahbariyati va mas’ullari, elchixona vakillari, xorijiy ekspertlar, dastur tinglovchilari, OAV vakillari hamda vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etdi.
Forum doirasida 4-mavsum yakunlarini sarhisob qilish, davlat fuqarolik xizmatida gender tengligini ta’minlashning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ularni amalga oshirishda o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar ayollarining o‘rni, ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, davlat xizmatida gender tengligi kabi mavzularda ma’ruzalar hamda panel muhokamalar o‘tkazildi.
Bu galgi dastur tinglovchilarning strategik fikrlash, tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, tizimli tahlil, sun’iy intellektni loyihalarda qo‘llash va muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
4-mavsumni yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan 100 nafar xotin-qiz muvaffaqiyatli yakunladi.
Shuningdek, forum doirasida panel muhokamalari ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda quyidagi ma’ruzachilar o‘z mavzulari bilan qatnashdi:
Seren Gyuven – BMT Ayollar Agentligining O‘zbekistondagi ofisi mamlakat dasturi menejeri:
“Davlat xizmatida gender tengligi: xalqaro standartlar va zamonaviy tendensiyalar”
Kamola Sobirova – Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi:
“Ayol rahbarlar va IT: davlat boshqaruvida innovatsion yechimlar”
Panellarda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ularni amalga oshirishda o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar ayollarining o‘rni, ayollarning siyosiy jarayonlardagi faolligi, davlat xizmatida gender tengligi kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.
Yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida sohaga oid tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter