Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziya bilan IT sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, startaplar uchun qulay muhit yaratiladi

Gruziya bilan IT sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, startaplar uchun qulay muhit yaratiladi

Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari bilan startaplar va IT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirining o‘rinbosari Irakliy Nadareishvili rahbarligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurib, uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Tashrif doirasida Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida raqamli texnologiyalar, startaplar va IT sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda startap ekotizimini rivojlantirish, uning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va hamkorlikdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida venchur fondlar tashkil etish va ular orqali innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham fikrlar almashildi.

Tomonlar IT sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, startaplar uchun qulay muhit yaratish va venchur sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish takliflarini ilgari surdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring