Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik to‘g‘risida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2025 yilgi sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik  to‘g‘risida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari  va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2025 yilgi sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

20-mart kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan o‘quvchilar va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2025-yilgi sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2026-yilda ilk bor nufuzli IOI- Xalqaro informatika olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Joriy yildan boshlab ushbu olimpiadaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijdan murabbiylar jalb qilib, o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlash jarayonlari boshlandi. 

Vazirning iqtidorli yoshlar bilan uchrashuviga yana bir muhim sabablardan biri joriy yil ilk bor Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yo‘nalishlari safiga IT sohasini ham qo‘shilgani bo‘ldi. Quvonarlisi, bu yil IT sohasida faoliyat yuritib, yuksak natijalarga erishgan 4 nafar xotin-qizlar ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/41405

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring