Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

Kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

Yangi IT tendensiyalarga binoan, kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati yangilandi.

Tasdiqlangan ro‘yxatdan  34 ta kompaniya va ular tomonidan taqdim etilayotgan 329 ta sertifikat o‘rin olgan.

Yangilangan ro‘yxatga hozirda talabgir bo‘lgan kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar ilmi va tahlilchisi hamda ma’lumotlar tahlilchisi kabi yo‘nalishlar qo‘shildi.

Shunindek, Linux, Foundation, Nvidia, Databrisks, Tableau, Pover Platform, ODOO va Yandex kabi ilgari ro‘yxatda bo‘lmagan yangi yetakchi IT kompaniyalarning sertifikatlariga ham o‘qishingiz mumkin. 

2025 yil 1 aprelga qadar o‘quv kurslari va imtihon xarajatlari uchun qisman yoki to‘liq to‘lov qilingan shartnoma va unga muvofiq amalga oshirilgan to‘lov kvitansiyasi taqdim qilingan taqdirda, kompensatsiyalar avvalgi ro‘yxat asosida qoplab beriladi.

Xalqaro IT sertifikatga o‘qish va olish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring