100 000 mingga yaqin ruxsatnoma onlayn taqdim etildi!

O‘tgan yil mobaynida qurilish sohasida katta o‘zgarish va yutuqlarga erishildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jumladan, 100 000 ga yaqin qurilishi tugallangan ob’yektlarga foydalanish uchun ruxsatnomalar onlayn taqdim etildi.
Bu mamlakatimizda yangi uy-joylar, maktablar, shifoxonalar va boshqa ko‘plab muhim ob’yektlar qurib bitkazilganidan dalolat beradi.
Respublika bo‘yicha 128 000 dan ziyod loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlandi.
Bu kelgusida qurilish loyihalari ko‘lami kengayishi va mamlakatimizning yanada rivojlanishiga ishora qiladi.
Hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy qurishda eng ko‘p loyiha-smeta hujjatlarini kelishgani bilan yetakchilik qildi. Toshkent viloyati esa foydalanishga qabul qilingan obektlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga chiqdi.
Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirdi va shaffoflikni ta’minladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter