“Eurasia Technology Week 2025” tadbiriga tayyormisiz?

Istanbul ko‘rgazmalar markazida 17–19-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Eurasia Technology Week 2025”da O‘zbekistonni namoyish etish uchun 5 ta rezident kompaniyalar tanlab olinadi. Ulardan biri siz bo‘lishingiz mumkin.
Biz siz uchun quyidagilarni ta’minlab beramiz:
- Istanbulda bepul yashash joyi;
- Startapingizni taqdim etish uchun bepul stend;
- Investorlar, texnologiya sohasidagi yetakchilar va potensial hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar;
- 20 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi, 200 ta ishtirokchi va 100 dan ortiq ma’ruzachilar qatnashadigan tadbirda ishtirok etish.
Bunday imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun esa sizning mahsulotingiz PMF yoki undan yuqori bosqichda bo‘lishi lozim.
Shuningdek, ingliz tilida erkin muloqot qila olishingiz va forumning asosiy yo‘nalishlariga mos kelishingiz kerak.
Startaplar tadbir davomida turar-joy ta’minlanadi, ammo Istanbulga borish-kelish uchun transport xarajatlarini o‘z hisoblaridan qoplashlari lozim.
Bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun 1-aprelga qadar ariza topshirishga shoshiling!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter