Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet elda 7 million dollarga yaqin investitsiya jalb qilgan o‘zbekistonlik dasturchi bilan suhbat

Chet elda 7 million dollarga yaqin investitsiya jalb qilgan o‘zbekistonlik dasturchi bilan suhbat

Navbatdagi yosh qahramonimiz bilan tanishing - AQShning Pitsburg universitetida moliya sohasida ta’lim olgan, venchur kapital, startap va investitsiya sohalarida faoliyat yuritgan – Kamron Xodjayev. 2,5 yillik tajribaga ega qahramonimiz o‘z startapini yo‘lga qo‘yib, bugungi kungacha 7 million dollarga yaqin venchur investitsiyalarni jalb etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Kamron – Koop Technologies kompaniyasining hammuassisi va tijorat direktori.

Ushbu intervyuda siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • Kamron Xodjayevning dastlabki qadamlarini qanday boshlagani va Koop Technologies qanday tashkil etilgani,
  • AKT va robototexnika sohasidagi kelajak imkoniyatlari haqidagi fikrlari,
  • O‘zbekistonda IT sohasining rivojlanishiga yosh mutaxassislar qanday hissa qo‘shishlari mumkinligi haqidagi qimmatli maslahatlari,
  • Startaplar, muvaffaqiyat va shaxsiy ilhom manbalari haqida qiziqarli tafsilotlar.

Qahramonimiz video so‘ngida o‘zbekistonlik IT sohasidagi yoshlarga murojaat qilib, shunday deydi:

“Sizlarda chet el kompaniyalarida ishlash uchun katta imkoniyatlar bor.”

Intervyuning to‘liq shaklda YouTube orqali quyidagi havolada ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/hXXzJqFIJYc

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring