Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT Parkdagi ochiq eshiklar kuniga marhamat!

IT Parkdagi ochiq eshiklar kuniga marhamat!

IT Park Uzbekistan majmuasi o‘z rezidentlari va startaplar uchun mo‘ljallangan haftalik "Ochiq eshiklar kuni" tashabbusini yo‘lga qo‘ymoqda.

9-aprel kuni 15:00—17:00da bo‘lib o‘tadigan ochiq eshiklar kunida siz:

  • O‘zbekistonda kompaniyani qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
  • Choraklik, oylik soliq va IT Park hisobotlarni qanday topshirish kerak?
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli shartnoma ma’lumotlarini tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga qanday kiritish?
  • Chet ellik hamkorlar bilan qanday shartnoma imzolash mumkin, kabi savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Agar siz yangi ish boshlayotgan yoki operatsion jarayonlarni chuqurroq tushunishni istayotgan bo‘lsangiz, o‘sha kuni javoblarni bevosita manbadan olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Xo‘sh, ochiq eshiklar kunida qatnashish sizga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

  • Bosqichma-bosqich yo‘riqnoma olish;
  • O‘zingizni qiziqtirgan savollarni berish;
  • IT Park jamoasi bilan yaqinroq aloqa o‘rnatish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring