Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G5 Benshmark hisobotida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi eng yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi

G5 Benshmark hisobotida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi eng yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi

Foto: Digital.uz

G5 Benshmark hisobotida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi eng yuqorilagan davlatlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)ning G5 Benshmark modeli telekommunikatsiya bozorlarining raqamli transformatsiyaga tayyorligini baholaydi. 

G5 Benshmark raqamli transformatsiyani baholovchi jami 70 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi. U 193 mamlakatning har birini milliy siyosiy va me’yoriy-huquqiy bazasining rivojlanishiga asosan to‘rtda darajaga ajratib baholaydi.

Hisobot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinadi.

2021-yilgi G5 Benshmark hisobotida O‘zbekiston 19,44 ko‘rsatkichni qayd etgan edi. 2023-yilda mamlakatimizning ko‘rsatkichi +22,54 ball yuqorilab, 41,98 ni tashkil qildi. Ya’ni o‘sish ko‘rsatkichi eng ko‘p yuqorilagan davlatlar qatoriga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring