Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi" bo‘lib o‘tdi

Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 2 – 3-sentyabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan "Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi"da ishtirok etish uchun xizmat safarini amalga oshirdi.

Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring