BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tashkilotining Bosh kotibi bilan qanday masalalar muhokama qilindi?
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kuni kecha Ostona shahrida tashkil etilgan vazirlar konferensiyasi” doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tashkilotining Bosh kotibi Ibu Armida Alishaxbana bilan uchrashdi.
Uchrashuvda so‘nggi ikki yil mobaynida Raqamli texnologiyalar vazirligi va tashkilot o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.
Jumladan, joriy yilning iyul oyida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining AKT markazi bilan 40 ga yaqin davlat xodimlari uchun raqamli ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tganligi ta’kidlandi.
Kelgusida bu boradagi ishlarni yanada kengaytirish maqsadida raqamli iqtisoyot borasida davlat xizmatchilari va xususiy sektor uchun tadbirkorlarning raqamli kompetensiyalarini oshirish, shu jumladan, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, hozirgi kunda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tashkiloti bilan olib borilayotgan ishlarni va hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, raqamli transformatsiya, inklyuziv va barqaror raqamli kelajakni amalga oshirishda birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter