O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 1,5 barobar oshdi

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy ishlab chiqaruvchilardan 200,9 million dollarlik 2,2 million dona mobil telefon sotib oldi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi. Pul ko‘rinishida import yil davomida 1,5 barobar oshdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy telefonlarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi – 1,7 million telefon. Keyingi o‘rinlarda Vetnam va Hindiston – mos ravishda 339,4 ming va 59,4 ming. 19,8 mingta telefon Gonkongdan, 3,3 mingtasi BAAdan olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida mamlakatimiz aholisining 99,1 foizi smartfonlardan foydalangan. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 97,8 foizni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter