Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik delegatsiyasi YUNESKOning Raqamli ta’lim haftaligida ishtirok etmoqda

Vazirlik delegatsiyasi YUNESKOning Raqamli ta’lim haftaligida ishtirok etmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi YUNESKOning Raqamli ta’lim haftaligida ishtirok etmoqda.

Xalqaro anjumanning bu yilgi mavzusi sun’iy intellekt va ilg‘or ta’lim texnologiyalari integratsiyasi orqali ta’lim kelajagini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Bo‘lib o‘tayogan tadbir butun dunyo bo‘ylab texnologiya va ta’lim mutaxassislari, innovator hamda siyosatchilarni raqamli ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarni muhokama qilish va namoyish etish uchun birlashtiradi.

Yalpi muhokama yig‘ilishi va yo‘nalishlar bo‘yicha sessiyalarda O‘zbekistonda IT-ta’lim tizimi va raqamli savodxonlikni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellektni sohalarga tatbiq qilinishi bo‘yicha islohotlar taqdim qilindi.  

Jumladan, o‘rganuvchilar uchun teng huquqli ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashda aholini texnologiyalardan samarali foydalanishiga erishishning ahamiyati ta’kidlandi, bu yo‘nalishdagi amaliy tashabbuslar aytib o‘tildi. 

Raqamli ta’lim haftaligining “Al va ta’lim kelajagi” mavzusi O‘zbekistonda ayni paytda IT-ta’limni rivojlantirishga qaratilgan jadal islohotlar bilan hamohang keldi. Qayd etilganidek, O‘zbekistonning 2030-yilgacha bu yo‘nalishdagi maqsadlari raqamli infratuzilma va raqamli ta’limga sarmoya kiritish orqali odamlar hayotini yengillashtirish, qo‘shimcha daromad topishlariga qaratilgan.

Anjumanda xalqaro ekspertlar sun’iy intellektdan axloqiy foydalanish, ma’lumotlar maxfiyligi va Alga asoslangan o‘quv vositalarini ishlab chiqish, iqlim o‘zgarishini, shuningdek yashil energiya tadqiqotlari va innovatsiyalarni o‘rganishda texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha g‘oyalar almashishdi. 

Haftalik ilg‘or tajribalarni almashish, yangi tendensiyalarni o‘rganish va raqamli ta’limni yaxshilash uchun hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring