Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT yo‘nalishida "Zulfiya" mukofoti sovrindoriga aylangan qizlarimiz safi yanada kengaysin!

IT yo‘nalishida

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda turli sohalarda yutuqlarga erishgan xotin-qizlarimizga davlat mukofotlari topshirildi.

"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ham ushbu bayram doirasida munosib taqdirlandi, ular orasida IT yo‘nalishida ham 4 nafar xotin-qizlar ham borligi juda quvonarli.

Bayram munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil press klubda tashkil etilgan maxsus tadbirda ham Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbarlari ishtirok etib, sovrindorlarni qutladilar. 

Xabar.uz axborot-tahliliy portali ham "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindorlarini samimiy muborakbod etib, ularga O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirishdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!

Kelgusi yillarda safingiz yanada kengaysin, raqamli texnologiyalar olamida munosib bo‘y ko‘rsatayotgan ”Zulfiyachi” qizlar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring