Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YUNESKO bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi

YUNESKO bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi

Parijda o‘tayotgan Raqamli ta’lim haftaligi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi YUNESKO Bosh direktorining ta’lim bo‘yicha yordamchisi Stefaniya Jannini bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda har ikki tomon raqamli texnologiyalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiya qilish muhimligini ta’kidladi. Stefaniya Jannini O‘zbekistondagi raqamli o‘zgarishlar, xususan, onlayn ta’lim, raqamli savodxonlik va pedagoglar malakasini oshirish sohalarida keng ko‘lamli islohotlarini e’tirof etdi. 

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov mamlakatda raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish, sohalarni raqamlashtirishda O‘zbekiston YUNESKOning doimiy yaqin hamkori ekanini ta’kidladi. 

“YUNESKO bilan hamkorligimiz boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘la oladigan darajada yaqin. Bu bizga mamlakatda keng qamrovli raqamli ta’lim tizimini rivojlantirish uchun zarur yordam va bilimlarni taqdim etishiga ishonamiz”, – dedi vazir o‘rinbosari.

Stefaniya Jannini O‘zbekistonning ta’lim olish imkoniyati va sifatini oshirish vositasi sifatida raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U O‘zbekistonning strategik e’tibor va texnologiyaga investitsiyalarini hisobga olgan holda, raqamli ta’lim bo‘yicha mintaqaviy yetakchiga aylanish salohiyatini ta’kidladi. YUNESKO O‘zbekiston bilan raqamli ta’lim muhitini yaratishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring