Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoatchilik kengashlari faoliyati keng yo‘lga qo‘yilmoqda

Jamoatchilik kengashlari faoliyati keng yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda mustaqil fuqarolik institutlarini rivojlantirish va faoliyatini mustahkamlash, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun imkoniyat yaratish, vazirlik va idoralarning aholi bilan ozaro hamkorligini yo‘lga qoyish, ochiq, shaffof va oshkora faoliyat ko‘rsatishini taminlash, ularning faoliyati ustidan tasirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunga misol tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati tashkil etilganligini, davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining  “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligini alohida qayd etish mumkin.
Ushbu qonun ijrosini taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi hamda mazkur qaror ijrosi doirasida har bir davlat organi, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma’qullanib, Jamoatchilik kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, ya’ni Jamoatchilik kengashlari faoliyatiga yangi mexanizmni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021—2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida yana bir marta bu masalaga etibor qaratilib, unda davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlari tarkibining kamida 50 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tashkil etishi, Jamoatchilik kengashlarining umumiy a’zolari soni 15 nafardan kam bo‘lmasligi zarurligi belgilab qo‘yildi.
2024-yil 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov mazkur farmonda belgilangan tartibga asosan Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi qayta tasdiqlanganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 19 nafar a’zosidan 13 nafari yoki 68 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari tashkil etishini alohida ta’kidladi.
Vazir Sh.Shermatov o‘z chiqishida Kengash a’zolarining nafaqat Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatini, balki mamlakatimizda olib borilayotgan raqamlashtirish va elektron hukumat yo‘nalishidagi ishlarni yanada rivojlantirish, sohani takomillashtirish borasidagi taklif va mulohazalari muhimligini qayd etdi.
Jamoatchilik kengashi raisi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Ishanxodjayev Kengash maqsadi, uning oldiga qo‘yilgan vazifalar, keyingi rejalari haqida to‘xtalib, Jamoatchilik kengashi davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taminlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan “ko‘prik” rolini bajarishini, davlat organi faoliyatining ochiqligini taminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilishini, davlat organi faoliyati bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishini aytib o‘tdi.
Muhokamalarda kengash a’zolari — “Ishonch” va “Ishonch-Доверия” gazetalari bosh muharriri H.Ermatov, “Digital Generation Uzbekistan” NNT direktori A.Jalolov, “Mening yurtim” telekanali jurnalisti Yu.Olimova, soha faxriysi H.Muhitdinov va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, Kengash faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil qilish bo‘yicha takliflar berishdi.

Shundan so‘ng Jamoatchilik kengashi a’zolari “UZINFOCOM ” yagona integrator” MChJ faoliyati, mazkur tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.Ularning e’tiboriga Vazirlik faoliyatiga oid, shuningdek, mamlakatimizda raqamlashtirish, telekommunikatsiya, elektron hukumatni takomillashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan videorolik havola etildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining keyingi faoliyatini kengash a’zolarining takliflari asosida ishlab chiqiladigan reja asosida tashkil qilishga kelishib olindi.

                      Nurulla ABDULLAYeV,Kengash kotibi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring