Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki raisi bilan istiqbolli hamkorlik loyihalarini davom ettirish masalalari muhokama qilindi

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki raisi bilan istiqbolli hamkorlik loyihalarini davom ettirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Hayashi Nobumitsu boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, mehmonlar O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy kompaniyalar uchun IT Park Uzbekistan imkoniyatlari hamda soliq imtiyozlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Yagona integrator – Uzinfocom faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shu bilan birga, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki rahbarlari bilan Yaponiya hukumati va investorlarining mablag‘larini jalb qilgan holda, axborot texnologiyalari sohasiga va boshqa sohalar bo‘yicha yirik loyihalarda ishtirok etish orqali O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalarga e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring