Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning raqamli kelajagi: “GIZ” bilan uchrashuv imkoniyatlar va o‘sish istiqbollarini yoritib berdi

O‘zbekistonning raqamli kelajagi: “GIZ” bilan uchrashuv imkoniyatlar va o‘sish istiqbollarini yoritib berdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi IT Park Uzbekistan va “GIZ” bilan hamkorlikda butun O‘zbekiston bo‘ylab raqamli transformatsiyani joriy etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

“GIZ” butun dunyo bo‘ylab barqaror o‘sish va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moslashtirilgan, iqtisodiy jihatdan samarali va natijador xizmatlarni taqdim etadi.

Vazirlik va IT Park taqdimotlarida O‘zbekistonning malakali va yosh kadrlari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratadigan barqaror IT-ekotizimini shakllantirish loyihalari namoyish etildi.

Tadbirning asosiy qismi keng ko‘lamli IT-xizmatlar va milliy darajadagi loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan IT Park rezidenti — “UZINFOCOM” kompaniyasiga tashrif bo‘ldi. Kompaniya sun’iy intellekt, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va ma’lumotlar tahlilga asoslangan yechimlarni taklif qiladi, eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘z mijozlari uchun ishonchli yechimlarni ta’minlaydi.

“GIZ” Markaziy Osiyo mamlakatlarida sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va yoshlar bandligi sohalarida amalga oshirilgan raqamli transformatsiya loyihasini taqdim etdi. Ushbu tashabbuslar texnologik va iqtisodiy taraqqiyotni ilgari surish uchun xalqaro tajriba va innovatsiyalarni joriy etish muhimligini aks ettiradi.

Aholisi 37 milliondan ortiq, ularning deyarli 66 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yangi imkoniyatlarni o‘zlashtirish uchun ulkan salohiyatga ega. Ushbu hamkorlik, ayniqsa, yoshlar uchun ko‘plab ish o‘rinlari yaratishi, o‘sib borayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida ularning rivojlanishiga ko‘maklashishi kutilmoqda.

“GIZ” tajribasi va O‘zbekistonning strategik qarashlari tufayli mamlakat o‘zining raqamli maqsadlariga erishish yo‘lida dadil harakat qilmoqda. Ushbu hamkorlik, shuningdek, uzoq muddatli raqamli rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratib, ilg‘or jahon tajribalarini joriy etishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring