Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ziroat Mirziyoyeva yosh IT ixlosmandlariga omad va zafarlar tiladi

Ziroat Mirziyoyeva yosh IT ixlosmandlariga omad va zafarlar tiladi

Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoqning xushmanzara sohilida o‘tkazilgan bu yilgi Respublika inklyuziv IT oromgohi yakuniga yetdi.

Bu yerda 5 kun davomida respublikaning barcha hududlaridan kelgan 160 nafar qiziquvchan bola veb-saytlar yaratish, ilovalar ishlab chiqish, tibbiyotda 3D modellashtirish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashda aerodinamika tamoyillarini chuqur o‘rganishdi.

3000 nafardan ziyod iqtidorli o‘quvchi esa DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarga onlayn tarzda jalb qilindilar.

Bolalarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zamin“ fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva oromgohning yopilish marosimiga tashrif buyurdi.

Marosimda bolalar o‘zlarining dastlabki raqamli loyihalari va ijodiy yutuqlarini namoyish etishdi.

Ziroat Mirziyoyeva yosh IT ixlosmandlariga o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirib, tanlagan sohalarining muvaffaqiyatli mutaxassisi bo‘lishlari yo‘lida omad va zafarlar tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring