Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mustaqilligimizning 33 yilliga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Mustaqilligimizning 33 yilliga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Kecha, 30-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida Mustaqilligimizning 33 yilliga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi. 

Unda vazirlik markaziy appati xodimlari, shuningdek, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari videokonferensiya shaklida qatnashdi. 

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

“Birgina sohamizni olib qaraydigan bo‘lsak, avvallari biz chet ellarga chiqib, havas qilib kelardik. Mana, so‘nggi yillarda berilgan imkoniyatlar tufayli IT Parklar tashkil etildi, munosib sharoitlar yaratildi. Hozir ko‘pgina xorijiy davlat tashkilotlari, kompaniyalar vakillari kelib, bizga havas qilmoqda. O‘zgarishlarni shuning o‘zida sezish mumkin. 

Bu, albatta, mustaqillik tufayli erishayotgan yutuqlarimiz natijasi”, – dedi vazir Sh. Shermatov. 

Tadbir davomida vazir “Sodiq xizmatlari uchun”, “Shuhrat medali” medali hamda “Mehnat shuhrati ordeni” bilan taqdirlangan soha xodimlarini vazirlik jamoasi nomidan tabrikladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring