Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boyovut va Guliston tumanlarida Raqamli texnologiyalari vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan ko‘chat ekish aksiyasi keng miqyosda o‘tkazildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boyovut va Guliston tumanlarida Raqamli texnologiyalari vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan ko‘chat ekish aksiyasi keng miqyosda o‘tkazildi

Tabiatni asrash, atrof-muhitni pokiza tutish bashariyat uchun hayot-mamot masalasi, kelajak avlod oldidagi dolzarb majburiyatdir. Yurtimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan yashil hududlar, obod etilayotgan manzillar esa ana shu maqsad yo‘lidagi ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir.  

Mamlakatimizda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” hamda yashil hududlarni muhofaza qilish hamda ularning maydonlarini kengaytirish, ushbu sohada mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Raqamli texnologiyalari vazirligi va IT Park tashabbusi bilan Boyovut tumanining Paxtakor va Muqumiy mahallalarida hamda Guliston tumanining Soyibobod mahallasi hududida ekologiyani yaxshilash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, hosildor bog‘lar yaratish va hududdagi bioxilma-xillikni saqlab qolish maqsadida ommaviy ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/41487

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring