Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraxt ekishga vaqtingiz yo‘qmi? Endi bu "Yashil makon" tashabbusiga hissa qo‘sha olmasligingizga bahona bo‘la olmaydi!

Daraxt ekishga vaqtingiz yo‘qmi? Endi bu

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan atrof-muhitni asrash yilida yurtimiz bo‘ylab hozirda tashkil etilayotgan "Yashil makon" umummilliy dasturi qizg‘in davom etmoqda.

Tabiat hammamiz uchun kerak, lekin, daraxt sotib olib, joy topib, uni ekib va parvarishlab borishga hammani ham birdek vaqti va imkoniyati yo‘q bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ekologiya sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda har bir inson bemalol o‘ziga qulay yo‘l bilan "Yashil makon" tashabbusiga hissa qo‘shishiga imkoniyat yaratmoqdamiz.

Hozirda Uztelecom hamda Mobiuz aloqa operatorlarining mobil ilovalari yoki Payme, Click va Zoomrad to‘lov tizimlari orqali daraxt ekish uchun "Yashil makon" xayriya aksiyasini qo‘llab quvvatlashingiz mumkin. Boshqa operatorlar va to‘lov tizimlari ham ulanib bormoqda.

Kelajak uchun birga qadam tashlaymiz! Do‘st va yaqinlaringizni ham taklif qiling hamda ushbu xayrli aksiyada birga bo‘ling!

Batafsil ma’lumot uchun havola ustiga bosing.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring