UZTELECOM yangi ofisining ochilishini e’lon qildi

UZTELECOM Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasi 67-uyda joylashgan yangi ofisining ochilishini e’lon qildi. Zamonaviy High Town Mall savdo markazida joylashgan ushbu ofis ilg‘or texnologiyalar va yuqori darajadagi xizmatni qadrlaydigan innovatsion makondir.
Yangi ofisda mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
• UZTELECOMning barcha xizmatlari bo‘yicha ulanish;
• Eng zamonaviy gadjet va aksessuarlarni tanlash hamda ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali xarid qilish;
• Puxta o‘ylangan dizaynga ega qulay makondan bahramand bo‘lish;
• Xodimlarning mehmondo‘stligidan zavqlanish.
Ochilish munosabati bilan maxsus takliflar
UZTELECOM birinchi tashrif buyuruvchilar uchun maxsus noyob sovg‘alar tayyorladi. Tashrif buyurib, smartfoningiz uchun innovatsion aksessuarlar - noyob 3D oynalarni qo‘lga kiriting. Ular nafaqat smartfoningizni himoya qiladi, balki sizga ko‘plab zavq ham bag‘ishlaydi.
High Town Mallda ofisning ochilishi UZTELECOMning mijozlarga yanada yaqinlashish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Kompaniya keng ko‘lamli xizmatlar va innovatsion yechimlarni taklif etish orqali mijozlarga yuqori darajada qulay va samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga intilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter