Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Startap ekotizimini rivojlantirish forumi bo‘lib o‘tdi

Startap ekotizimini rivojlantirish forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida "Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish" forumi tashkil etildi.

Forum startaplar alleyasining tashkil etilishi bilan boshlandi. Bu maydonda talabalarning turli innovatsion g‘oyalari va loyihalari namoyish etildi.

Talabalar o‘z startaplari, texnologik yechimlari va biznes g‘oyalari bilan ishtirok etib, investorlar va ekspertlarning tavsiyalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sherzod Shermatov startapchilar uchun tashkil etilgan alleyada yosh startapchilar bilan suhbatlashdi hamda startap ekotizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Forum davomida sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan startaplarni moliyalashtirish, universitetlarning ekotizimga qo‘shayotgan hissasi, hududlarda startap-parklari tashkil etish, xalqaro inkubatsiya dasturlari va biznes-startaplar hamkorligi kabi mavzularda taqdimotlar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Universitetlar startap ekotizimiga o‘z hissasini qo‘shish va talabalarning biznes g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar, korporatsiyalar esa startaplar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni o‘rganishdi.

Mazkur forum startap ekotizimini rivojlantirish, universitetlar va biznes o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Bu nafaqat universitetlar, balki butun mamlakatning innovatsion taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan muhim tashabbuslardan biri sifatida e’tirof etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring