Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

"2045-yilga qadar barqaror rivojlanish" bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Vazirlar davra suhbatida O‘zbekistonning ilg‘or raqamli tashabbuslari e’tirof etildi

Shu kunlarda Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Government Summit doirasida "2045-yilga qadar barqaror rivojlanish" bo‘yicha Vazirlar davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Vazir o‘z chiqishida O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.  

Shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan yangi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, startaplar va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini ham alohida ta’kidladi.

Aytish joizki, O‘zbekistonning ilg‘or raqamli tashabbuslari va so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlari xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring