Aytichilarimiz uchun juda katta motivatsiya
Prezidentimizning alohida e’tiborlari tufayli AyTi sohasi juda kam sonli entuziastlarnigina xabari bor yo‘nalishdan deyarli barcha o‘z farzandini kelajakda karera qilishiga havas qiladigan sohalardan biriga aylandi. Yurtimizda har yili yuzlab xorijiy kompaniyalar o‘z ofislarini ochib, minglab yoshlarimiz o‘z bilim va ko‘nikmalari tufayli internet orqali masofaviy xizmatlar ko‘rsatib rasman yuqori daromad topyaptilar.
Yil yakunida Prezidentimiz grafiklarida juda ko‘p masalalar bo‘lishiga qaramay deyarli bir ish kunini to‘liq raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlab, IT Park Uzbekistan majmuasida soha natijalari va istiqbollari haqida batafsil muhokamalar qilib, barcha davlat tashkilotlari rahbarlariga raqamlashtirish bo‘yicha juda katta marralarni belgilab berdilar. Shu bilan birgalikda, UZINFOCOM jamoasi faoliyati bilan ham tanishib, aytishniklarimizga juda katta motivatsiya berib ketdilar.
Endi barcha jamoamiz a’zolari ushbu motivatsiyadan ruhlanib, belgilab berilgan yuqori marralarga erishishga bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etishimiz zarur!
Yoshlarimiz esa yuqori daromad topish uchun imkoni boricha chet tillarini va axborot texnologiyalarini o‘rganaverishlari kerak.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter