Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Chet tillarini biladigan yoshlarimiz uchun zo‘r imkoniyat!

Chet tillarini biladigan yoshlarimiz uchun zo‘r imkoniyat!

Foto: Digital.uz

Chet elga masofaviy xizmatlar ko‘rsatayotgan kompaniyalar rasmiy faoliyatining kengayishi chet tilini biladigan yoshlarimizga ko‘proq yuqori daromadli ish joylarining yaratilishiga imkoniyat ochyapti.

Avvallari Samarqanddagi chet elga masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar imkoni boricha rasmiy faoliyat ko‘rsatmasdan ishlashga harakat qilishar edi. O‘tgan yili bitta shunday to‘yxonaning ichida yopiq ishlaydigan BPO kompaniyasini rasmiy IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘ndirgan edik. Keyin AQShdagi vatandoshlar bilan qator uchrashuvlarda ham aynan rasmiy ishlashning norasmiy ishlashdan afzalliklari haqida tushuntirib o‘tdik.

Bu safar Samarqandda 3 ta yangi ro‘yxatdan o‘tgan IT Park rezidenti — BPO kompaniyalar faoliyati bilan tanishdik. Hammasi ingliz tilida ravon so‘zlaydigan mutaxassislar kerakligini alohida ta’kidlashdi.

Ular orasida UZB Freight Incning Samarqanddagi xizmat ko‘rsatadigan korxonasi “MAROKAND KHUMO SERVICES” MCHJ alohida e’tiborga loyiq, menimcha. Birinchidan, AQShdagi brendining nomidan ham haqiqiy vatanparvar insonlar tomonidan kompaniya yuritilishi e’tiborni tortadi.

Ikkinchidan, ular xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan tovarlarni tashishga ixtisoslashgani sababli boshqa umumiy BPO kompaniyalaridan ko‘ra xizmatlari hajmi o‘sishining yuqoriroqligi sababli hozirgi 40 dan ziyod xodimlarini yaqin yillarda 10 baravarga oshirishni reja qilishmoqda. Ular faqat ingliz tilida ravon so‘zlashadigan, mas’uliyatli va muomalali yoshlarni izlashmoqda.

Barcha chet eldagi vatandoshlarimizni ham shu kabi masofaviy xizmatlarni ko‘paytirish orqali yoshlarimizga yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan Prezidentimiz Farmonlari bilan berilgan imkoniyatlardan foydalanishga chaqiramiz, batafsil.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring