Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Kreativ industriya qo‘shimcha qiymatni oshirish va yuqori maoshli ishlarni ko‘paytirishda yordam beradi

Kreativ industriya qo‘shimcha qiymatni oshirish va yuqori maoshli ishlarni ko‘paytirishda yordam beradi

Foto: The Adobe Blog

Kreativ industriyaning rivojlanishi qo‘shimcha qiymatni oshirishga va yuqori maoshli ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishda yordam berishiga Xitoydagi Shenzhen Industrial Design Profession Association (SIDA) misolida yana bir bor amin bo‘ldik.

Davlatimiz Rahbarining Xitoyga bu safargi tashrifi tarixiy ekanligini xitoylik katta tashkilotlar rahbarlarining o‘zbekistonlik delegatsiya a’zolariga juda iliq, hamkorlikka qaratilgan munosabatidan ham bemalol sezish mumkin bo‘ldi.

Bu esa, bizga an’anaviy telekom infratuzilmasi bo‘yicha loyihalarimizni kengaytirishdan tashqari, yangi yo‘nalishlarda yangi hamkorliklarning ochilishida yordam berdi.

Jumladan, AyTi ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydik hamda yirik AyTi kompaniyalarni ham IT Park imkoniyatlaridan foydalanishga taklif etdik.

Shenjendagi biznes-forumda mamlakatimizda AyTi sohasi uchun yaratilgan imkoniyatlarni taqdim qilganimizdan keyin, ushbu assotsiatsiya rahbari qiziqib, o‘zlarining Dizayn Parklariga taklif qildi.

SIDA Finlandiyaning mashhur dizaynerlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan va unda asosan ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari sotuvini yaxshilash maqsadida ularni insonlar uchun yanada qulay va jozibador qilib beradigan industrial design (sanoat dizayni) bilan shug‘ullanuvchi mingga yaqin korxonalar a’zo ekan. Barcha katta ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z maxsulotlarining yangi dizaynlarini ishlab chiqarishda ulardan foydalanadi va natijada ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi ortib boradi.

Yil boshida IT Park rezidentligiga kreativ industriyada eksport qiluvchi korxonalarni ham kiritishga ruxsat berilgani bu kabi korxonalarning ham mamlakatimizga kirib kelishiga va ijodkor yoshlarimizga yuqori maoshli ishlarning yanada ko‘payishiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.

Albatta, birinchi marta tanishgan hamkorlar O‘zbekistondagi imkoniyatlarga haqiqiy ishonch bildirishlari uchun ularni ham 18–20-mart kunlari rejalashtirilgan Autsorsing bo‘yicha tadbirimizga taklif qildik. O‘ylaymizki, kelib, haqiqiy imkoniyatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlaridan keyin, ular ham O‘zbekistonda o‘z korxonalarini ochish haqida qaror qabul qilishni boshlaydilar.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring