Sherzod Shermatov "Sanoat, innovatsiya va infratuzilma" (SDG9) bo‘yicha hamrais etib saylandi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Government Summit xalqaro anjumani doirasida “Global Councils On SDGs” mavzusidagi sessiya tashkil etildi.
Ushbu sessiyada BAA Hukumatni rivojlantirish va kelajak bo‘yicha davlat vaziri, SDG Global Kengashlar Prezidenti Oxud Xalfan Al Roumi so‘zga chiqib, davlatlarni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng yaxshi yechimlarga, o‘zaro xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga va vaqtni samarali taqsimlashga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Sherzod Shermatov 2026-yil yakuniga qadar Kengashning Barqaror rivojlanish maqsadi "Sanoat, innovatsiya va infratuzilma" (SDG9) bo‘yicha hamraisi etib saylanganligini e’lon qilib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter