Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Qizingiz chet tili, matematika va fizikaga qiziqsa...

Qizingiz chet tili, matematika va fizikaga qiziqsa...

Foto: t.me/shshermatov

Prezidentimiz qizlarni oliy ta’limda o‘qitish zarurligi bo‘yicha doimo ta’kidlab, qo‘shimcha sharoit yaratib kelayaptilar. Toshkent shahridagi INHA universiteti bitiruvchilari orasida ayollar ulushi avvallari 15 foizga ham yetmagani uchun imkoni boricha ayollarni ITga qiziqtirishga harakat qilar edik, bu yilgi bitiruvchilarda ularning ulushi deyarli 22 foizga yetgani ham bu harakatlarning o‘ziga xos natijasidir.

Bu borada uyda ham qizlarni IT sohasida o‘qishga qiziqtirish muhimligini doimo muhokama qilganimizga qizim ham IUTga kirgan edi. Bugungi muvaffaqiyatli bitiruvchilar qatorida qizim ham bo‘lganiga IUTdagi diplom topshirish marosimi oilamizga qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Barcha bugungi IUT bitiruvchilariga kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar va oilaviy baxt tilayman!

Qizingiz chet tili, matematika va fizikaga qiziqsa albatta Toshkent shahridagi INHA universitetiga harakat qilishingizni tavsiya qilamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring