Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

O‘zbekistonning jahon texnologiya maydonidagi o‘rni mustahkamlanmoqda

O‘zbekistonning jahon texnologiya maydonidagi o‘rni mustahkamlanmoqda

BAAning Dubay shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Uzbekistan Tech Conference” tashkil etildi. Tadbirda BAAning 105 ta kompaniyasidan 137 vakil ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston IT eksporti, xalqaro hamkorlik istiqbollari va texnologik rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tadbirni ochib bergan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov davlatimiz tomonidan IT sohasiga berilayotgan imkoniyatlar va xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. 

"Davlatimiz rahbari ko‘magida O‘zbekiston IT sohasi jadal rivojlanmoqda. Davlat miqyosida qabul qilingan qo‘llab-quvvatlash dasturlari startaplar va IT kompaniyalar uchun qulay ekotizim yaratishga hamda kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda." – dedi vazir.

Konferensiya xorijiy kompaniyalar bilan biznes hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni boshlash uchun platforma bo‘lib xizmat qildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning soliq imtiyozlari, IT biznesni qo‘llab-quvvatlash choralariga oid taqdimotlar o‘tkazildi.

Natijada tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochish va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikda xalqaro buyurtmalarni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.

Tadbir yakunida 26-27-fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Offshore Outsourcing Conference"ga xorijiy kompaniyalar taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring