Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Government Summit xalqaro anjumani doirasiga tashkil etilgan“Tech-Gov Alliance: Building Smarter Futures” sessiyasida ishtirok etdi

Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Government Summit xalqaro anjumani doirasiga tashkil etilgan“Tech-Gov Alliance: Building Smarter Futures” sessiyasida ishtirok etdi

11–13-fevral kunlari Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon hukumati sammiti xalqaro anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov anjuman doirasida tashkil etilgan “Tech-Gov Alliance: Building Smarter Futures” sessiyasida nutq so‘zladi.

Ushbu sessiyada hukumat va texnologiya sohasidagi hamkorliklarning rivojlanishi tahlil qilindi. Muhokamada sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va bulut texnologiyalari yordamida davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalar ko‘rib chiqildi.

Panel ishtirokchilari ushbu texnologiyalarning samaradorlik, shaffoflik va fuqarolar bilan o‘zaro aloqani yaxshilashdagi rolini muhokama qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring