Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Ingliz tilida bemalol C1 darajada so‘zlashadigan yoshlarimiz ishsiz qolmasligi aniq

Ingliz tilida bemalol C1 darajada so‘zlashadigan yoshlarimiz ishsiz qolmasligi aniq

Foto: LinkedIn

Ingliz tilida bemalol C1 darajada so‘zlashadigan yoshlarimiz ishsiz qolmasligi aniq, masofaviy xizmat ko‘rsatishga yetarli malakaga ega bo‘lsalar, o‘z mahallalarida yashab, bemalol yuqori daromad topishlari mumkin bo‘ladi.

Oddiy misol, LinkedInda hozirning o‘zida masofadan ishlash mumkin bo‘lgan yarim milliondan ortiq vakansiya joylangan, ularning deyarli yarmi boshlang‘ich lavozimlardir.

Dubaydagi konferensiyada AyTi sohasiga Prezidentimiz Farmonlari bilan yaratilgan sharoitlarni eshitib, o‘z autsorsini O‘zbekistondan amalga oshirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar ham, demografiya yaxshi bo‘lgani bilan, mamlakatimizdagi yoshlarning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar.

Shuning uchun yuqori daromad topish niyatidagi yoshlarimiz vaqtlarini imkoni boricha chet tillarini, AyTi va boshqa masofadan amalga oshirish mumkin bo‘lgan kasblarni o‘rganishga hamda ko‘ngilochar ijtimoiy tarmoqlar o‘rniga ish topish va professional rivojlanishga foydaliroq bo‘lgan LinkedInga ko‘proq sarflashga qaratishlari muhim.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring