Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

O‘zbekiston "Safety Perceptions Index 2023"da dunyo bo‘yicha 1-o‘rindaligini bilarmidingiz?

O‘zbekiston

Dunyo bo‘yicha odamlar o‘zini eng xavfsiz his qiladigan mamlakat aynan bizning jannatmakon O‘zbekistonimiz ekanligini bilarmidingiz?

Ha, O‘zbekiston “Safety Perceptions Index 2023”da dunyo bo‘yicha 1-o‘rinda ekan.

Balki shu bois ham yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar va mamlakatimizga investitsiya kiritish istagidagi yirik investorlar soni yildan-yilga ortib borayotgandir?

Bu esa mamlakatimiz uchun so‘nggi yillarda eng katta yutuqlardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Siz ham endi hech ikkilanmay, chet eldagi hamkorlaringizga ushbu xisobotni yuborib, O‘zbekistonga bemalol taklif qilavering!

Chunki O‘zbekiston o‘sish va rivojlanish, biznes yuritish va xordiq chiqarish uchun eng xavfsiz diyor!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring