Tez orada IT Parkning yana bir katta binosi foydalanishga topshiriladi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Nukus shahrida qurilayotgan IT Park binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Vazir qurilish jarayonlari bilan tanishish davomida IT korxonalarga qulay muhit yaratish, bino qurilish ishlari yakunlangandan keyin, eng avvalo, faoliyatni tizimli amalga oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida IT eksport hajmini oshirish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishida markazlar faoliyatini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Hududda yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitishga mo‘ljallangan IT o‘quv kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutgan.
Qolaversa, mazkur o‘quv markazlari Qoraqalpog‘iston yoshlarini xorijiy tillarni va serdaromad zamonaviy kasblarni o‘rgatishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida, qurilayotgan ob’yektlarda ishlarni yanada sifatli va jadal olib borish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter