Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istondagi frilanserlar bilan ochiq muloqot qanday o‘tdi?

Qoraqalpog‘istondagi frilanserlar bilan ochiq muloqot qanday o‘tdi?

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Nukus shahridagi Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosida, soha korxonalari boshliqlari hamda hududdagi 100 dan ziyod IT kompaniya va frilanserlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida IT kompaniya rahbarlari va frilanserlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar, xususan, IT sohasiga yoshlarni jalb qilish hamda ularni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Vazir dasturchi va frilanser yoshlarga shogirdlarni ko‘paytirish orqali ushbu yo‘nalishlardagi faoliyatlarini yanada kengaytirishlari va daromadlarini oshirishlari mumkinligini tushuntirdi.

Shuningdek, o‘z bilim va tajribalarini oshirish hamda IT yo‘nalishida yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun yetarlicha bilimlarga ega bo‘lish zarurligini ham alohida ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring