Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Vox-Box” MChJ autsorsing call-markazi yana 100 ta yangi ish o‘rnini taqdim etadi

“Vox-Box” MChJ autsorsing call-markazi yana 100 ta yangi ish o‘rnini taqdim etadi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Nukus shahridagi IT PARK rezidentlaridan biri “Vox-Box” MChJ autsorsing call-markazi faoliyati bilan tanishdi.

Ushrashuv davomida Sherzod Shermatov kompaniyaning faoliyatini yanada kengaytirib, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, biznes jarayonlar autsorsingini (BPO) kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda ushbu kompaniyada 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, yil oxiriga qadar yana 100 ta ish o‘rnini yaratib, eksport hajmini 500 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring