Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Startup Garage”ga marhamat!

"Startup Garage” – bu innovatsion va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus bo‘lib, u O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — kelgusida Markaziy Osiyodagi tadbirkorlarning g‘oyalarini bozorga mos mahsulotlarga va muvaffaqiyatli bizneslarga aylantirish orqali kuchaytirishdir.

Ushbu loyiha tadbirkorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan bo‘lib, respublika darajasidagi yirik banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

"Startup Garage”da qatnashishning o‘ziga xos afzalliklari mavjud:

Jumladan, loyihalar zarur resurslar va tajribali murabbiylar bilan ta’minlanadi.

Shu bilan birga, yirik moliyaviy institutlar va boshqa tadbirkorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bundan tashqari, boshqa startaplar bilan tajriba almashish va hamkorlik qilish, loyihalarga marketing va reklama bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi, bu esa ularning bozorda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.

"Startup Garage”da qatnashish uchun startupgarage.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting yoki +998770475753 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring